Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbari tomonidan Muzrabot tumanida sholichilikni rivojlantirish borasidagi ishlar ahvoli o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevralda qabul qilingan “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 avgust kunidagi “Surxondaryo viloyatida zamonaviy agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani chegara oldi hududlarida sholining elita va avlodli urug‘chiligini yetishtirish, sholi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bazasida elita urug‘chilik xo‘jaliklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari A.Ismoilov Muzrabot tumanidagi “SCT Cluster Sholi” MChJda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, aniqlangan muammo va kamchilliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida, viloyat hokimining mas’ul o‘rinbosari, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, tuman hokimi, tuman IIB boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi sohasiga mas’ul viloyat boshqarma, korxona va tashkilotlar, klaster hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Bunda asosiy e’tibor sholi yetishtirish uchun ajratilgan maydonlarga ishlov berishning innovatsion texnologiyalarini joriy qilinishi, elita urug‘chilik xo‘jaliklari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, irrigatsiya va melioratsiya obe’ktlari, ariq va kanallarning suv yetkazib berish loyihalari, sug‘orish inshootlarining ahvoli o‘rganilib aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va idora mas’ullariga topshiriqlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati