30 Yanvar 2023 yil 316

Surxondaryo viloyat prokuraturasida tergovchi va surishtiruvchilar uchun o‘quv seminar tashkil etildi

Kuni kecha Surxondaryo viloyat prokuraturasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, uning quyi bo‘linmalari tergovchi va surishtiruvchilari hamda prokuraturaning mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda xorijiy davlatning vakolatli organiga xorijiy davlat hududida bo‘lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish to‘g‘risida so‘rov yuborish tartibi, “Ekspertiza tayinlash va o‘tkazish amaliyotini o‘rganish” yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tashkil etilgan o‘quv seminarda ma’ruzachilar tomonidan seminar ishtirokchilariga kerakli ma’lumotlar asosida ma’ruzalar o‘qildi.

Shuningdek, ekspertiza sohasi vakillari hisoblangan sudga-oid tibbiy, sudga-oid kriminalistik, sud-avtotexnika va sud-xatshunoslik ekspertlarining amaliy ma’ruzalari ham tinglandi.

O‘quv seminar so‘ngida seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan nazariy va amaliy javoblar berildi.

Text to speech