10 Yanvar 2023 yil
344
Surxondaryo viloyat IIB DPM Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan sovuq oqimga qarshi profilaktik ishlar olib borildi
Respublikamiz bo‘ylab anomal sovuq havo kirib kelishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida, viloyat IIB DPM Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan uchrashuvlar hamda davra suhbatlari tashkil etildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida ushbu uchrashuvlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, xizmat o‘tash davomida har xil ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, anomal sovuq oqimi davomida sovuq urishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir vaziyatlarda o‘zlariga va fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qilib, amaliy mashg‘ulotlar orqali tushuntirish ishlari olib borildi.