17 Yanvar 2023 yil 342

Surxondaryo viloyat IIB DPM Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Respublikamiz bo‘ylab anomal sovuq havo kirib kelishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari, jumladan 7257-son xarbiy qism shaxsiy tarkib o‘rtasida viloyat IIB DPM Tibbiyot bo‘limi shifokori A.Absalaev tomonidan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.

Uchrashuv va davra suhbatlari davomida mavsumiy kasalliklar Gripp kasalligi profilaktikasi hamda sovuq urganda o‘zlariga va fuqarolarga  birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ma’ruzalar orqali profilaktik tushuntirish ishlari hamda tavsiyalar berilmoqda.

Text to speech