Surxondaryo turizm namoyishi ob’ektlarida faoliyat yuritayotgan yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi kirakash va yo‘nalishli taksi haydovchilari, do‘kon ishchilari, xorijiy va mahalliy turistlar bilan muloqotga kirishishlarida tavsiyaviy ko‘rsatmalar berib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati hududidagi turizm namoyishi ob’ektlarida faoliyat yuritayotgan yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi kirakash va yo‘nalishli taksi haydovchilari hamda do‘kon ishchilari bilan xorijiy va mahalliy turistlar bilan muloqotga kirishishlarida tavsiyaviy ko‘rsatmalar berib borilmoqda.
Viloyat hududiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga hushmuomalalik
bilan xizmat ko‘rsatishlari va ularni manziliga yetkazishda yo‘l harakati qoidalariga
amal qilishlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berib o‘tildi.
Shuningdek, turizm namoyishi ob’ektlarida faoliyat yuritayotgan do‘kon ishchilariga ta’qiqlangan diniy adabiyotlarni sotmaslik, turistlar bilan xushmuomalada bo‘lib, narxlarni asossiz ko‘tarmaslik, tig‘li mahsulotlarni voyaga yetmagan yoshlarga sotmaslik yuzasidan profilaktik ogohlantirish ishlari olib borilib, turistlar bilan bog‘liq biror-bir ko‘ngilsiz hodisalar sodir etilgan taqdirda zudlik bilan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga ma’lum qilishlari yuzasidan tavsiyaviy ko‘rsatmalar berildi.