11 Iyul 2024 yil 393

Surxondaryo tajribasi sifatida nizoli, notinch va ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilmoqda.

Surxondaryo viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan Surxondaryo tajribasi sifatida viloyatning barcha mahallalarini jinoyatdan holi hududga aylantirish maqsadida, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6 iyul kuni “Mahalla hududida, xotin-qizlar  hamda oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror imzolandi.

Ushbu qo‘shma qarorga asosan viloyat hududida 10-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar viloyat miqiyosida keng qamrovli “Nizolashayotgan oilalarning muammolarini bartaraf etish" keng qamrovli profilaktik tadbiri asosida, joylarda nizolashayotgan oilalar bilan ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan sayyor qabullar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Kuni kecha shu maqsadga qaratilgan “Sayyor qabul” Termiz shahrining “Jo‘yjangal” mahallasida tashkil etildi. Mazkur “Sayyor qabul”da viloyat xokimining o‘rinbosari, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Termiz shahar hokimi, Termiz shahar IIB boshlig‘i hamda boshqa mutasaddi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

“Sayyor qabul”da Termiz shahrining 3-sektorida istiqomat qiluvchi nizoli oilalarning muammolari o‘rganilib, aniqlangan muammolarning aksariyati qabul davomida ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Ayrim ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning janjaliga barham berilib yarashtirilgan bo‘lsa, ba’zilariga yarashish uchun qo‘shimcha muhlatlar berildi.

Ushbu “Nizolashayotgan oilalarning muammolarini bartaraf etish" “Dolzarb bir oylik” tadbiri davomida, oila-turmush munosabatlari doirasida nizolashib kelayotgan, profilaktik hisobda turgan, ajrim yoqasiga kelgan, surunkali ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qiluvchi shaxslarning ro‘yxatlari shakllantirilib, ushbu oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy, tarbiyaviy muhit "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda chuqur o‘rganilishi, ularga huquqiy maslahatlar, ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishi, ishsizlarni ishga joylashtirish hamda boshqa turdagi muammolarini hal qilish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlik qurboniga aylanishini oldini olish maqsadida notinch va nizoli oilalarning ro‘yxatlarini shakllantirish orqali ular bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Turmushdagi kelishmovchiliklar, ayniqsa, rashk, mol-mulk talashish bilan bog‘lik masalalar to‘g‘risida olingan xabarlar hamda fuqarolarning ariza, shikoyat va murojaatlariga alohida e’tibor qaratilib, ularni ijobiy hal etilishi, oila-turmush munosabatlari doirasida jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun ichki ishlar organlari va mahalla profilaktik hisobiga olingan shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlarni kuchaytirish orqali, ularning oilasidagi sog‘lom turmush-tarzini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi.

Sog‘liqni saqlash muassasalari hisobida turgan shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida tibbiyot muassasalari bilan bevosita axborot almashish tizimi tashkil etilib, ushbu toifa shaxslardan ruhiyatida keskin o‘zgarish kuzatilganlari bilan tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda profilaktik tadbirlar amalga oshirilib boriladi.

Xotin-qizlar tomonidan sodir etgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablari (moddiy yetishmovchilik, ishsizlik, spirtli ichimliklar iste’mol qilish va boshqalar)ni aniqlash, odob-axloq doirasida huqubuzarlik va jinoyat sodir etgan xotin-qizlarning yashash sharoitlari o‘rganilib, o‘rganish davomida aniqlangan ijtimoiy muammolarini bartaraf etish orqali sog‘lom turmush-tarziga qaytarish choralari ko‘riladi.

Bundan tashqari ijtimoiy og‘ir ahvolda bo‘lgan xotin-qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgan,  tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni "Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari"ga joylashtirish, doimiy tarzda nizolashib kelayotgan, ajrim yoqasiga kelgan, turmush o‘rtog‘i uzoq muddatga xorijiy davlatlarga chiqib ketgan, Ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan, surunkali ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qiluvchi oilalarning muammolarini aniqlash va barvaqt oldini olish maqsadida har bir shahar-tuman kesimida ishchi guruh rahbarlari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazilishi hamda o‘tkazilgan “Sayyor qabul”larda ularni qiynab kelayotgan muammolariga qonunda belgilangan tartibda, ijobiy yechimlar izlanishi nazarda tutiladi.

Text to speech