“Surxondaryo tajribasi” asosida Sho‘rchi tumani Tibbiyot bo‘limida, Onalar va bolalar salomatligini asrashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Aholi salomatligiga e’tibor deganda
ko‘z oldimizga, avvalo, onalar va go‘daklar keladi. Ularni salomatligi nazorat qilinsa,
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“Turmush” keng qamrovli tezkor
profilaktik tadbiri doirasida, “Surxondaryo tajribasi” asosida Sho‘rchi tumani Tibbiyot
bo‘limida, Onalar va bolalar salomatligini asrashga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil
etildi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati
Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, tuman Xotin-qizlar
faollari va patronaj hamshiralar ishtirokidagi tadbirda onalik va bolalikni himoya
qilish, bu borada mahalladagi xotin-qizlar va patronaj hamshiralar hamkorligida
amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Onalar va bolalar o‘rtasida kasalliklar
profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sog‘lomlashtirish dasturlarini amaliyotga
joriy etish, sog‘lom farzand tug‘ilishi, rivojlanishi bo‘yicha tushuntirish ishlarini
kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
To‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni
targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish hamda maqsadli
skrining tadbirlari orqali kasalliklarning samarali profilaktikasini olib borish
masalasiga ham e’tibor qaratildi.