22 Iyul 2024 yil 417

Surxondaryo aholisini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, nazorat tadbirlari davom etmoqda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassis xodimlari tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyatda  epizootik barqarorlikni ta’minlash, viloyatda joylashgan dehqon bozorlarida hamda savdo yarmarkalarida oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan sotuvchilar bilan profilaktik tushuntirishlar olib borlib, nazorat tariqasida tekshiruv ishlari olib borildi.

Nazorat tadbiri davomida, oziq-ovaqt mahsulotlarining yaroqlilik muddati tugashiga yaqin qolgan mahsulotlarni yangilash choralarini ko‘rishlari yuzasidan oziq-ovqat mahsulotlari egalariga ogohlantirishlar berildi.

Text to speech