7 Mart 2023 yil 240

Surxondaryo Akademik litseyida “Sudga oid ballistik ekspertiza nazariyasi va asoslari" mavzusida o‘quv va amaliy mashg‘uloti o‘kazildi.

Joriy yilning 24-fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti mayor F.Sh.Xasanov  Surxondaryo Akademik litseyining birinchi bosqich talabalari ishtirokida “Ballistik ekspertizasi” fanidan bugungi kundagi ahamiyatga ega bo‘lgan “Sudga oid ballistik ekspertiza vazifalari va ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘qotar qurollar va o‘q dorilar, qurol va o‘q izlarini ko‘zdan kechirish,” mavzusida o‘quv va amaliy mashg‘ulot o‘kazildi.

         O‘quv jarayonida yosh kursantlarga, xozirgi kunda jinoyat sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni topish, qayd etish, olish, qadoqlash va tergov organlariga taqdim etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Viloyatda hozirgi kunda Ekspert-kriminalistika markazida o‘tkazilayotgan ekspertiza turlari, ekspertiza o‘tkazish uchun asoslari, ekspertizaga taqdim etilayotgan obektlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Jinoyatlarni fosh etishda muhim ahamiyatgan ega bo‘lgan qurol va o‘q izlarini ko‘zdan kechirish, qayd qilish va tadqiqotlar o‘tkazishda ballistika ekspertizasining o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligi haqida tushunchalar berildi. O‘tkazilgan tadbirda talabalar tamonidan berilgan savollarga mutaxassis tamonidan javob berildi. 

Surxondaryo viloyati Axborot xizmati

Text to speech