14 Fevral 2023 yil 216

Surxondaryo akademik litseyida "Shoh va shoir ibrati" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Shoh va shoir ibrati" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni akademik litsey direktorining ma‘naviy-ma‘rifiy va tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari podpolkovnik A.J.Nurkeldiyev kirish so‘zi bilan ochib, Bobur hayoti va ijodi  haqida ma'lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek tadbirda Jarqo‘rg‘on tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i. U.Ibodov ishtirok etib, Boburning ijod yo‘li va bizga qoldirgan merosi bo‘yicha ma‘lumot berib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she‘riy va musiqali chiqishlar hamda ajoyib sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech