20 Mart 2023 yil 192

Surxondaryo akademik litseyida hashar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yilning 4-martdagi farmoishiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida joriy yilning 18-mart kuni ko‘tarinki ruhda hashar tashkil etildi. Hasharda akademik litseyning o‘qituvchi va ishchi hodimlar shuningdek barcha o‘quvchilar ishtirok etishdi. Hashar davomida litsey hududiga ming donadan ortiq mavsumiy gullar, turli xildagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlar ekilib, litseyning barcha hududida obodonlashtirish ishlari to‘liq olib borildi.

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech