21 May 2025 yil 713

Surxondaryo Akademik litseyida uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida Akademiyaga "Qabul-2025" oldidan Vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi hamda mazkur bosh boshqarmaning  Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda akademik litsey o‘qituvchi pedagoglari, 2-bosqich o‘quv kursi o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda bugungi kunda IIV Akademiyasiga bo‘layotgan qabul jarayoni, kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar, tashkil etilgan ta’lim jarayoni haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ota-onalarga hozirda qabul jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil korrupsion holatlar to‘liq tahlillar asosida tushuntirildi va bu kabi firibgarlarga ishonib, ularga jinoiy sherik bo‘lib qolmasliklari yuzasidan ogohlantirilib, IIV Akademiyasida qabul jarayonlari oldidan shaffoflik ta’minlanganligi ta’kidlandi.

Text to speech