Surxondaryo Akademik litseyida 14-yanvar–“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sportning kamondan o‘q otish turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Prezidentimizning 2023-yil 14-dekabrdagi F-79-sonli
hamda IIVning 2023-yil 20-dekabrdagi 380-sonli Farmoyishi talablari asosida Joriy
yilning 11-yanvar kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida Milliy Gvardiya Surxondaryo
viloyati boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil
etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar–“Vatan himoyachilari kuni” munosabati
bilan sportning tarixiy turlaridan biri bo‘lgan kamondan o‘q otish turi bo‘yicha
musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport turi o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
bilan bir qatorda kamondan otish sportini rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirishga
hizmat qiladi. Musobaqa yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni Sh.Erniyozov
(3/23-guruh), 2-o‘rinni Q.Safarov (7/23-guruh), 3-o‘rinni D.Choriev(2/22-guruh)lar
egallagan bo‘lsa qizlar o‘rtasidagi bahslarda faxrli 1-o‘rinni T.Kosareva
(7/22-guruh), 2-o‘rinni E.Xolmirzaeva (3/23-guruh), 3-o‘rinni Sh.Xolmurodova
(4/23-guruh)lar egallashdi.