Surxondaryo akademik litseyida 14-yanvar–“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan havo miltig‘idan o‘q otish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
14.12.2023-yildagi F-79-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
20.12.2023-yildagi 380-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Joriy yilning
9-10 yanvar kunlari IIV Surxondaryo akademik litseyida Mudofaaga ko‘maklashuvchi
“VATANPARVAR” tashkiloti hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari
tashkil etilganligining 32-yilligi hamda 14-yanvar–“Vatan himoyachilari kuni” munosabati
bilan havo miltig‘idan o‘q otish bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Bu kabi musobaqalar
o‘quvchilarda sportning texnik va amaliy turlariga qiziqishlarini yanada ortishiga
hizmat qiladi. Musobaqa yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rinni 6/23-guruh o‘quvchisi
J.O‘rolov, 2-o‘rinni 3/22-guruh o‘quvchisi A.To‘raev, 3-o‘rinni 4/23-guruh o‘quvchisi
B.Boboxonovlar egallagan bo‘lsa qizlar o‘rtasidagi bahslarda faxrli 1-o‘rinni
1/22-guruh o‘quvchisi D.Hakimova egalladi. G‘oliblar tashkilotchilarning diplom
va estalik sovg‘alari topshirildi.