14 Iyun 2024 yil
796
Surxondaryo Akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganish va ularning shaxsiy sifatlarini shakllantirish maqsadida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston
Respublikasi IIV Surxondaryo Akademik litseyida ta’lim olayotgan o‘quvchilar jamoasida
sog‘lom muhitni shakllantirish hamda ularning o‘quv jarayonida va mashg‘ulotdan
tashqari ruhiy-emotsional barqarorligini saqlash bo‘yicha seminar-trening tashkil
etildi.
Mazkur tashkil etilgan seminar-trening
mashg‘ulotida o‘quvchi yoshlarning psixologik bilim saviyasini oshirish, ularning
psixologik salomatligini ta’minlash, o‘quv jarayoni va mashg‘ulotlardan tashqari
vaqtlarda ruhiy-emotsional barqarorlikni saqlash hamda litseydagi ma’naviy-ruhiy
muhitni o‘rganishga doir amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratildi.