3 Iyun 2024 yil
383
Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar bilan psixokorreksion-rivojlantiruvchi trening o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo Akademik litseyida ta’lim olayotgan
o‘quvchilar jamoasida sog‘lom muhitni shakllantirish hamda ularning o‘quv jarayonida
va mashg‘ulotdan tashqari ruhiy-emotsional barqarorligini saqlash bo‘yicha seminar-trening
tashkil etildi.
Mazkur
tashkil etilgan seminar-trening mashg‘ulotida o‘quvchi yoshlarning psixologik bilim
saviyasini oshirish, ularning psixologik salomatligini ta’minlash, o‘quv jarayoni
va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ruhiy-emotsional barqarorlikni saqlash hamda
litseydagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganishga doir amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga
qaratildi.