Surxondaryo akademik litseyida harbiylashtirilgan estafeta musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 fevraldagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi, “Xotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish va munosib nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-65-son qarori hamda IIVning 2025 yil 30 apreldagi tegishli ko‘rsatmasiga muvofiq, IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirish, yoshlar orasida sog‘lom raqobat va jamoaviylikni mustahkamlash maqsadida harbiylashtirilgan estafeta musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada litseyning barcha guruhlari faol ishtirok etib,
jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik va birdamlik bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon
etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – 1/24-guruh o‘quvchilari;
2-o‘rin – 3/24-guruh o‘quvchilari;
3-o‘rin – 6/24-guruh o‘quvchilari.
Musobaqada faol qatnashgan guruhlar akademik litsey rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.