IIV Surxondaryo akademik litseyida ota-onalar yig‘ilishi tashkil etildi
Joriy yilning 16-sentabr kuni IIV Surxondaryo akademik
litseyining
2- bosqich o‘quvchilari
ota-onalari bilan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda IIV Surxondaryo akademik litseyi
direktori B.Bo‘riev
hamda litsey pedagogik jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2023-2024 o‘quv yilini ota-onalar bilan
hamkorlikda samarali tashkil etish, o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitish
va bugungi globallashuv axborot davrida yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan tashqi omillar haqida
suhbat olib borildi.
Bundan tashqari ota-onalar farzandlarining chuqur
bilim olishlari uchun tarix, huquq, ingiliz tili fanlaridan litseyda tashkil
etilgan tayyorlov markazi faoliyati hamda o‘qituvchilari bilan tanishib kerakli
tavsiyalar olishdi.
Yig‘ilish so‘nggida o‘quv yili mobaynida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning ota-onalariga litsey ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.