Surxondaryo Akademik litseyida "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi"ga bag‘ishlanib "Muqaddasim, munavvarim - ona tilim xazinasi" deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo Akademik litseyida "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi"ga bag‘ishlanib "Muqaddasim, munavvarim - ona tilim xazinasi" deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni kirish so‘z bilan IIV Surxondaryo Akademik litseyi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari podpolkovnik A.J.Nurkeldiev ochib berib, tilimizning tarixi, tilimizga bo‘lgan buyuk ehtirom tuyg‘usi haqida o‘quvchi yoshlarga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Tadbir davomida litsey o‘quvchilari tomonidan tilimizni madh etuvchi she’rlar, ma’lumotlar, go‘zal raqs va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir so‘ngida podpolkovnik A.J.Nurkeldiev so‘zga chiqib, bayram-tadbirida faol ishtirok etgan o‘quvchilarni faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. Bugungi tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.