10 Noyabr 2022 yil 6282

Surxonda o‘qituvchi voyaga yetmagan qizni zo‘rlab, uyatsiz videolarini internetga tarqatdimi!? –mavzusida ijtimoiy tarmoqlarda video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 10 oktabr kuni Boysun tumani “Dubay” mahallasida yashovchi (joy nomi va shaxslarning ismi sharifi o‘zgartirilgan) fuqaro Akramov Nurali Boysun tuman IIBga yo‘llagan arizasi yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Tekshiruv  harakatlari natijasiga ko‘ra, 2022 yil 25 sentabr kuni soat 22lar chamasida tumaning “Dubay” mahallasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan, tumandagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi Soatov Nizom Baxodirovich shu mahallada yashovchi voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan (17 yosh) Tosheva Farida Nurali qizi bilan mahalla hududidagi bog‘da uchrashib, voyaga yetmagan F.N.Toshevaga nisbatan uyatsiz, buzuq, g‘ayri-ijtimoiy harakatlar qilib, ushbu holatni o‘ziga tegishli uyali telefon apparatiga videotasvirga olib, vedeotasvirni oradan 3 kun o‘tib, mahalla fuqarolarining “Dubay” nomli  telegramm guruhiga tarqatib, voyaga yetmagan F.N.Toshevaning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish orqali qasddan tahqirlab, haqorat qilganligi aniqlangan.

Sudga oid tibbiy-ekspertiza tekshiruvi bo‘yicha, voyaga yetmagan F.N.Toshevaga nisbatan zo‘rlik ishlatib, nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish alomatlari aniqlanmagan

Mazkur holat yuzasidan 10.11.2022 yilda Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro Soatov Nizom Baxodirovich harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish orqali qasddan tahqirlab, haqorat qilish)da nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Soatov Nizom Baxodirovichning tanasida biror bir tan jarohati yoki undan qolgan izlari mavjud emasligi aniqlangan.

Viloyat IIB tomonidan fuqaro N.Soatovga nisbatan Boysun tumani IIB xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligini aniqlash maqsadida, xizmat tekshiruv olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun ayrim ijtimoiy tarmoq faollari jurnalist va blogerlardan O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasida jurnalistlar majburiyatlarining 3-bandida o‘z kasbida faoliyatni amalga oshirish chog‘ida o‘zi tayyorlayotgan materiallarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirish va holis axborot taqdim etishi shaxsning huquq va erkinliklarini, sha’ni va qadr qimmatini hurmat qilishi shartligi belgilab o‘tilganligidan kelib chiqib, holatni bo‘rttirib talqin qilmasliklarini, insonning sha’ni va qadr- qimmatini kamsituvchi ma’lumotlarni uning ruxsatisiz hamda ushbu holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv va tergov harakatlari olib borayotgan organning roziligisiz tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech