22 Avgust 2025 yil 192

Surxon vohasiga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar bilan profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Joriy yilning 5 avgust kunidan 5 sentabr kuniga qadar mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari doirasida, Surxondaryo viloyati hududiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar bilan bog‘liq sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida, Xavfsiz turizmni taminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz temir yo‘l vokzalida tegishli profilaktik targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

O‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida, sayyohlar tomonidan shaxsiy narsa-buyumlariga ehtiyot bo‘lishlari va belgilangan tartib qoidalarga amal qilishlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilmoqda.

Text to speech