5 May 2022 yil 442

Surxon vohasi mehmonlarni kutib olmoqda.

Joriy yilning 7-8 may kunlari Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori” folklor festivalida ishtirok etib, o‘zlarining san’atlarini dunyoga keng tarannum etish uchun Buyuk Britaniya va Fransiyadan bir guruh san’atkor va turistlar 5 may kuni viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan kutib olindi.
Shundan so‘ng, Surxon vohasining milliy an’analari va urf-odatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, o‘zbek to‘yiga olib borildi. Shu bilan birga Sanat saroyida tashkil etilgan milliy liboslar ko‘rgazmasi va Arxeologiya muzeyiga tashrif uyushtirilib, yurtimiz tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech