6 Oktyabr 2025 yil 183

Sun’iy intellekt va ta’lim taraqqiyoti yo‘lida muhim hamkorlik

Bugungi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa, ta’lim sohasida zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etish, yoshlar ongiga ilg‘or g‘oyalarni singdirish va ularni zamon talabiga mos mutaxassis sifatida tayyorlashda axborot texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov va Termiz davlat universiteti rektori professor, Abuqodir Toshqulovlar o‘rtasida “Axborot texnologiyalari, ta’lim, psixologik, ijtimoiy hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlik”ni ko‘zda tutuvchi Memorandum imzolandi.

Mazkur hamkorlik hujjati amaldagi qonunchilik asosida ishlab chiqilib, ikki tomon o‘rtasida uzviy aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘quv-amaliy jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish, shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etishni maqsad qiladi.

Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikda amaliy ishlarni olib borish ko‘zda tutilgan:

axborot tehnologiyalari va sohada sun’iy intellektni joriy etish yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Ichki ishlar boshqarmasi va universitet o‘rtasida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish;

katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilgan holda zamonaviy psixologik yondashuvlar, ilmiy asoslangan psixokorreksiya va reabilitatsiya usullarini joriy qilish orqali aholining ayrim toifalari bilan hamkorlikda tizimli ishlash va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa sohalarni o‘zi ichiga oladi.

Bu hamkorlik nafaqat ikki muassasa faoliyatini, balki butun viloyatdagi ta’lim va huquq-tartibot sohasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishaga hamda kelgusida amaliy natijalar berishiga ishonch bildirildi.

Tadbir yakunida, 1 oktabr - “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan boshqarma boshlig‘i tomonidan Termiz davlat universiteti rektoriga bayram sovg‘asi tantanili ravishda topshirildi.

Text to speech