17 Iyun 2021 yil 488

Sumka va boshqa narsa buyum o'g'irlagan ayol qo'lga olindi...

Sherobod tumanida 2021 yilning 22 may kuni, tumanning "Bahor" mahallasida yashovchi, tadbirkor faoliyati bilan shug'ullanuvchi, H.Gulasal tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 22 may kuni soat 11.20 larda, noma'lum ayol kishi, tumanning dehqon bozorida joylashgan savdo rastasida savdo qilib turganida, temir quti eshigiga ilib qo'ygan sumkasini va ichida bo'lgan "Samsung J-2" qo'l telefon apparati hamda 2.000.000 (ikki million) so'm pullarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi, T.Baxtigul sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. Bundan tashqari, T.Baxtigul 2020 yilning 22 oktyabr kuni tumanning "Xo'jgi" mahallasida yashovchi, T.Sarvinozning savdo do'koni ichidagi 825.000 (sakkiz yuz yigirma besh ming) so'm pullari bo'lgan sumkasini o'g'irlab ketganligi aniqlangan. 23 may kuni T.Baxtigulga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech