Subsidiya asosida ko‘p qavatli uylardan olib berishni vada qilgan fuqaro 5 million so‘m pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor malumotga hamda Termiz shahar “Saxovat” mahallasida yashovchi fuqaro N.Norsoatov (ism shariflari o‘zgartirilgan) Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida, ko‘p qavatli uylardan olish maqsadida yurganida qarindoshi D.Shamsiyeva bilan gaplashib qolganligi, D.Shamsiyeva o‘zini bir tanishi borligini o‘zi ham ko‘p qavatli uy olishga xujjat qilganligi, fuqaro N.Norsoatov bu taklifga rozi bo‘lib ushbu tanishini oldiga borganligi, o‘zini “Tursunpo‘lat” deb tanishtirgan fuqaro uy joy olish uchun qanday tartibda xujjatlar kerak ekanligini aytganligi va o‘zini yuqori lovozimlarda ishlovchi tanishlari orqali dastlabki to‘lovi yo‘q subsidiya asosida ko‘p qavatli uylardan olib berishini aytib, xizmat xaqi evaziga 5.000.000 (besh million) so‘m miqdoridagi pullarni berishini aytganligi ushbu pullarni olgandan so‘ng, joriy yilning avgust oyiga qadar subsidiya shaklida ko‘p qavatli uylarni olib berishini aytib ishontirganligi, shundan so‘ng fuqaro N.Qulsoatov firibgarlar qo‘liga tushib qolmaslik hamda tamagirlikni maqsad qilib, pul talab qilayotgan “Tursunpo‘lat” isimli fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘ragan.
Arizaga asosan, Surxondaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, arizachi N.Norsoatovdan “Tursunpo‘lat” ismli fuqaro Termiz shahar “Navro‘z” mahallasida joylashgan metan gaz qo‘yish shaxobchasi ichida soat 22:50da talab qilingan 5.000.000 (besh million) so‘m miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni olayotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olinib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan 2022 yilning 14 may kuni Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.Tursunpo‘latga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmiti