13 Dekabr 2022 yil
364
Subsidiya asosida arzon uy olib berishni va’da qilgan firibgar pullarni o‘zlashtirib ketdi
Termiz shahrida 2022 yil 2 dekabr kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 27 noyabr kuni Termiz shahrida yashovchi, J.Jamila (ism shariflar o‘zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yilning may oyida, Sherobod tumanida yashovchi, V.Sherdil uning ishonchiga kirib, “subsidiya asosida arzon uy olib beraman”- deb, 5000 (besh ming) AQSh dollarini olib ketganligini bildirgan. 2 dekabr kuni B.Sherdilga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati