STANDART OPERATSION TARTIBLARI – (SOT) bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tuzilgan reja-jadval asosida avgust-noyabr oylari davomida STANDART OPERATSION TARTIBLARI – (SOT) bo‘yicha ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi psixologlari, Ichki ishlar boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Bandlikka ko‘maklashish boshqarmasi xodimlari hamkorligida viloyat bo‘yicha jami 9 ta tuman-shaharlardagi oila va xotin-qizlar bo‘limlaridan 16 nafar yetakchi mutaxassislari va 305 nafar xotin-qizlar faollari hamda boshqarmaning 9 nafar xodimlariga seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. Mazkur o‘quvni boshqarma bosh mutaxassisi I.Polvonova o‘tkazdi. Unda boshqarma va bo‘limlardan hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari vakillaridan tashkil etilgan guruh ishtirok etdi.
Ushbu o‘tkazilgan o‘quv seminarda, oila va xotin-qizlar o‘rtasida aniqlanayotgan muammolarni ijobiy hal etish chora-tadbirlari ilmiy asoslangan holda o‘rganildi.