30 May 2022 yil 369

Sportning voleybol turi bo‘yicha “Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Joriy yilning 30 may kuni Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida “Besh tashabbus olimpiadasi”ni o‘tkazish bo‘yicha bergan topshirig‘i hamda Ichki ishlar vazirining 2022-yil 4-may kunidagi tegishli Farmoyishiga muvofiq, uyushmagan yoshlar o‘rtasida iqtidori va iste’dodi bor yoshlarni seleksiya qilish orqali professonal sport jamoalariga jalb etilishini taminlash maqsadida, Surxondaryo viloyatining 3-sektor hududidaga qarashli mahallalardagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Sportning voleybol turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa avvalida, Ichki ishlar organlarining maxsus texnikalarining ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan ushbu musobaqada Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov ishtirok etib, sport musobaqasini o‘tkazishdan asosiy maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritib o‘tdi. Shundan so‘ng sportchilarga omad tilab, turnirni “ochiq”- deb, e’lon qildi.
Viloyatning 3 sektor hududlarida o‘tkazilgan msobaqada faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 9 ta sport jamoalari o‘rtasida qizg‘in bahslarga boy musobaqa bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan musobaqa natijasiga ko‘ra 3-o‘rin Bandixon tumani, 2-o‘rin Boysun tumaniga nasib qilgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rin Sherabod tumanining 3-sektori hududida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar jamoasi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri kubogi” uchun Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan mintaqaviy sport musobaqasida qatnashish huquqiga ega bo‘lishdi.
Musobaqa so‘ngida, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan barcha jamoalar va ularning murabbiylari hamda o‘tkazilgan turli naminatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining I, II, III darajali diplomi, medal, g‘oliblik kubogi hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari, badiiy kitoblar jamlanmasi, sport anjomlari bilan taqdirlanishdi.
Tadbir yakunida, san’atkorlar tomonidan Ona vatanni madx etuvchi kuy qo‘shiqlar ijro etilib, musobaqa ishtirokchilari va tomoshabinlarning ko‘nglini hushnud etishdi.
Mamlakatimiz bo‘ylab, uyushmagan yoshlar o‘rtasida tashkil qilinayotgan bu kabi sport musobaqalarini o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad, eng avvalo yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda kelajakda ushbu yoshlar jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun xizmat qilishiga qaratilgandir.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech