24 Fevral 2025 yil 785

Sportning voleybol turi bo‘yicha viloyat birinchiligi uchun hududiy saralash musobaqalari o‘tkazildi.

Qiziriq tumanida viloyat ichki ishlar boshqarmasining sportning voleybol turi bo‘yicha 15- yoshgacha yoshlar o‘rtasida musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.

 Qiziqarli va murosasiz o‘yinlar  yakuniga ko‘ra 3 -o‘rin Muzrabot tuman yoshlari jamoasi, 2-o‘rin Qiziriq tuman yoshlari jamoasi, qo‘lga kiritgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Sherobod tumani yoshlari jamoasi, egalladi.

 Qizg‘in bellashuvda g‘olib bo‘lgan sportchilar tumani IIB boshlig‘i v.v.b M.Ishkaraev tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.  

Text to speech