23 Aprel 2024 yil 346

Sportning Voleybol turi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogining Uzun tuman bosqichi o‘tkazildi

Sportning voleybol turi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqaning Uzun tuman bosqichi ochilishida tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O.X.Ergashev yurtimizda ommaviy sport turlarini rivojlantirish borasidagi ishlar, mazkur bellashuvlarning ahamiyati va shaxs kamolotidagi o‘rni xususida to‘xtaldi.

Mustaqillik mahallasida bo‘lib o‘tgan musobaqada tumandagi barcha mahallalar jamoalari ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishni targ‘ib etish, yoshlarning sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish orqali sog‘lom raqobatni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan bellashuv davomida har bir jamoa aniq maqsad yo‘lida birlashib, g‘oliblik uchun astoydil kurash olib borishdi. Bu jarayonda yosh voleybolchilar kuch-g‘ayrat va shijoatlarini namoyish etishdi.

 

Yigitlar o‘rtasidagi natijalar quydagicha:

1-o‘rin-Oqostona

2-o‘rin-Yangi obod

3-o‘rin-Oqostona-2

 

Qizlar o‘rtasidagi natijalar:

1-o‘rin-Oqostona

2-o‘rin-Nurafshon

3-o‘rin-O‘lanqul

 

G‘oliblarga tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirdi. Endilikda g‘olib jamoa Termiz shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi viloyat bosqichida qatnashib, tumanimiz sharafini himoya qiladi.

Taqdirlash marosimi so‘nggida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan badiiy dastur namoyish etildi.

Text to speech