26 Aprel 2024 yil 341

Sport-sog‘lom hayot garovidir

    Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni, jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk shaxs bo‘lib voyaga yetishida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

  Kuni kecha Termiz shahrida, Respublikamiz bo‘ylab start olgan "O‘zbekiston respublikasi Ichki ishlar vaziri, O‘zbekiston volebol federatsiyasi raisi kubogi" musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

  Qizg‘in jarayonlarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan, musobaqa hakamlar tomonidan odilona baholab borildi.

  Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi sport zalida o‘tkazilgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rsatida Termiz shahar 8-sonli maktabining o‘quvchi o‘g‘il bolalar jamoasi, qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 8-sonli maktabning qiz bolalar jamoalari 1-o‘rinni egallab viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

  G‘olib va sovrindorlar Termiz shahar IIB tomonidan diplom, kubok va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar 

Text to speech