21 Mart 2021 yil 678

Sport o'yinlari qizg'in bahslarga boy o'tdi

O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik liseyida Navro'z bayrami munosabati bilan shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kunidagi "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida liseyning pedagog va ishchi-xizmatchi xodimlari o'rtasida sportning voleybol va mini futbol turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.
Akademik liseyning ayollari o'rtasida o'tkazilgan sportning voleybol turi bo'yicha musobaqada ishchi-xizmatchi ayollardan tashkil topgan "Qaldirg'och" jamoasi finalda pedagog ayollardan tashkil topgan "Bahor" jamoasi ustidan g'oliblikni qo'lga kiritib, lisey direktorining ko'chma kubogi va estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, akademik liseyning erkaklari o'rtasida o'tkazilgan sportning mini futbol turi bo'yicha musobaqada "Lochin" jamoasi "qalqon" jamoasi ustidan finalda g'oliblikni qo'lga kiritib, lisey direktorining ko'chma kubogi va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech