4 Fevral 2021 yil 959

Sport kelajak va sog'lik garovi

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining sport majmuasida sportning "qo'l jangi" turi bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlarda 120 nafardan ortiq uyushgan va uyushmagan yoshlar ishtirokida to'garaklar 3 bosqichda o'tkazilib kelinmoqda.
Ushbu sport to'garaklari yoshlar uchun ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i tomonidan mutlaqo bepul tashkil etilgan bo'lib, asosan uyushmagan yoshlarning bo'sh vaqtlarini foydali va samarali tashkil etish maqsadida, sport to'garaklariga jalb qilingan.
Mazkur to'garak a'zolari tomonidan erishilgan yutuqlarlarga keladigan bo'lsak, viloyat IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi kichik serjant Sh.Azizov va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jaxon chempioni bo'lgan.
Ushbu to'garak a'zolari orasida 30 dan ortiq xalqaro, O'zbekiston chempionati va kubogi sovrindorlari etishib chiqqan.
Hozirgi kunda to'garak a'zolari joriy yilning 7-10 fevral kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladigan sportning "qo'l jangi" turi bo'yicha O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech