6 Sentyabr 2021 yil
492
Spark avtomashinani kobaltga almashtirishni va'da qilgan firibgarga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Termiz tumanida 2021 yil 31 iyul kuni Termiz shahrida yashovchi, N.Sherzod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda o'ziga tegishli Spark rusumli avtomashinasini, tanishi, Termiz tumanida yashovchi, q.Salohiddin 2020 yil yanvar oyida, kobalt rusumli avtomashinaga almashtirib berishini va'da qilib, olib ketganligini va avtomashinani sotib, pullarini o'zining ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan. 27 avgust kuni q.Salohiddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati