23 Mart 2021 yil 595

Soxta pushaymonlik...

Denov tumanida 2021 yilning 13 mart kuni, viloyat IIB Jinoyat qidiruv hamda terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Fayzobod" mahallasi hududida o'tkazilgan hamkorlikdagi tadbiri davomida, shu mahallada yashovchi, muqaddam O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan, K.A. mijozga 2 dona gugurt qutiga joylangan 7,14 gr "marixuana" giyohvandlik moddasini 600.000 (olti yuz ming) so'mga sotayotgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
K.A. ilgari ham aynan shu og'ir turdagi jinoyatni sodir qilib, o'z qilmishiga yarasha jazosini olganligiga qaramasdan, o'ziga to'g'ri xulosa chiqarmaydi. U takror ushbu jinoyatni sodir etishi esa "o'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas" qabilidagi qilmishdan dalolat. K.A.ning qilgan qilmishlaridan pushaymonligi, afsuslari soxta bo'lib chiqdi.
Mazkur holat yuzasidan, 16 mart kuni K.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o'tkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech