1 Fevral 2022 yil
495
"Sotuvchi"ning savdosi pishmadi
Termiz shahrida viloyat IIB JQB va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, shaharning "Surxon sohili" mahallasida yashovchi Sh.X. "Gulira'no" mahallasi hududida mijozga 550.000 so'm evaziga 0,82 gr "gashish" giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlandi. Tadbir davomida "Do'stlik" mahallasida yashovchi J.M. ham tanishi Sh.X.ga 0,93 gr "gashish" giyohvandlik moddasini 300.000 so'mga sotgan vaqtda ushlandi. Tergov davomida esa yana uchta jinoyat ochildi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati