9 Dekabr 2022 yil
300
Sotilgan qo‘ylarning pullari egasiga yetib bormadi
Sariosiyo tumanida 2022 yil 1 dekabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Uzun tumanida yashovchi, M.Ergash (ism shariflar o‘zgartirilgan) tanishi tumanning “Sharq yulduzi” mahallasida yashovchi, Ch.Sardorni ishonchiga kirib unga tegishli bo‘lgan 51 bosh qo‘ylarini bozorda sotib berishini aytib, bozorga qo‘ylarini olib boradi va sotib yuboradi. Natijada sotilgan qo‘ylarning pullarini M.Choriga bermasdan o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuboradi. Mazkur holat yuzasidan 1 dekabr kuni M.Ergashga nisbatdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati