17 Dekabr 2020 yil 597

So'm va xorijiy valyutalarni qalbakilashtirgan shaxsning qilmishi fosh etildi

Qiziriq tumanida 2020 yil 13 dekabr kuni, tuman ichki ishlar bo'limi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan, tumanning "Istara" oziq-ovqat dexqon bozorida, shu kuni taxminan soat 11.00 lar chamasida, Muzrabot tumanida yashovchi, T.B. bozorga oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish maqsadida kelib, 9 (to'qqiz) dona 50.000 (ellik ming) so'mlik, 9 (to'qqiz) dona 100.000 (yuz ming) so'mlik kupyuradagi jami 1.350.000 (bir million uch yuz ellik ming) so'm miqdoridagi qalbaki pullarni muomilaga kiritayotgan vaqtida ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borish davomida, T.B.ning uyidan, 125 (bir yuz yigirma besh) dona 100.000 (yuz ming) so'mlik, 64 (oltmish to'rt) dona 50.000 (ellik ming) so'mlik kupyuradagi jami 15.700.000 (o'n besh million etti yuz ming) qalbaki so'm va 9 (to'qqiz) dona 1000 (bir ming) rubl, 1 (bir) dona 2000 (ikki ming) rubl va 8 (sakkiz) dona 100 (yuz) rubl kupyuradagi jami 11.800 (o'n bir ming sakkiz) qalbaki Rossiya rubllari hamda 1 dona "EPSON" nomli rangli printer, 1 dona "LG" nomli video sistema, 1 dona modem, 1 dona "VESTA" nomli televizor, 1 dona "DEFENDER" nomli klaviaturalar olingan. Viloyat ekspert-kriminalistika bo'limining 2020 yil 15 dekabr kunidagi hujjatlarni texnik kriminalistik ekspertiza xulosasiga ko'ra, pul biletlari kompyuter texnikasi qo'llanilib, rangli printer yordamida tayyorlanganligi ko'rsatilgan. 16 dekabr kuni T.B.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech