Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam sport tadbiri
Aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida turli aksiyalar, sport tadbirlari tashkil etish yaxshi an’anaga aylanib bormoqda.
Bugun erta tongdan Muzrabot tuman
IIB boshlig‘i boshchiligida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi.
Marafonda tuman IIB xodimlari,sektor rahbarlari, tumandagi barcha korxona
va tashkilot xodimlari, tuman sport maktabi, nuroniylar jamg‘armasi, mahallalarda
istiqomat qiluvchi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad: aholi salomatligini ta’minlash, davlat
xizmatchilarini hamda yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va
ularni sportga jalb qilishdan iborat.
Ushbu sport tadbiri tumanda haftaning har shanba kunlari o‘tkazib boriladi.