29 Dekabr 2020 yil
873
Sog'lom hayot bilan hamnafasmiz
Ommaviy sport bilan shug'ullanish bugun ko'pchilik uchun kundalik odatga aylanyapti. Ayniqsa, besh ming qadam yurish marafonlarining o'tkazilishi, yosh o'g'il-qizlarimizni sportga, umuman sog'lom turmush tarziga bo'lgan munosabatini o'zgartirdi.
Surxondaryo IIV akademik liseyi o'quvchilari ham bunday tashabbusni qo'llab-quvvatlashmoqda. Bugun ta'lim maskanida "sog'lom hayot sari 5 000 qadam" shiori ostida o'tkazilgan sport sog'lomlashtirish va jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlarida ham o'quvchilar faol ishtirok etishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati