Sog'ligingizga befarq bo'lmang-karantin qoidalariga qat'iy amal qiling!
O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021 yil 17 aprel kunidagi "O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha" Respublika maxsus komissiyasining 69-sonli yig'ilish bayoni hamda ichki ishlar vazirining 2021 yil 27 mart kunidagi "aholi o'rtasida koronavirus infektsiyasiga chalinish holatlarining oldini olish va sanitariya-epidemologik barqarorlikni ta'minlashga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoyishi ijrosi talablarini bajarish maqsadida, dunyoda tobora avj olib borayotgan virusning yurtimizda barham toptirish maqsadida, Surxondaryo viloyati hududida ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hususan, turizm namoyish ob'ektlari va ularga tutash xududlarida karantin qoidalariga qa'iy rioya etilishi borasida, Surxandaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi va Milliy gvardiya qo'riqlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda "Termiz Arxeologiya muzeyi" va "san'at saroyi" hududlariga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy mehmonlarning har biriga viloyatimiz turistik salohiyatiga ega joylari haqida ma'lumot berishlari bilan birgalikda, karantin qoidalariga qat'iy amal qilish talablari qo'yilib, jamoat joylarida va namoyish ob'ektlariga tashrif buyurganlarida albatta antiseptik vositalardan foydalanishlari, tibbiy niqobda bo'lishlari shartligi to'g'risida targ'ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, karantin qoidalariga rioya etilishiga befarq bo'lgan fuqarolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 54-moddasi 1-qismida (jamoat joylarida karantin qoidalariga zid ravishda tibbiy niqobsiz yurish) asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli jazo choralari ko'rilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati