Sodir etilgan o'g'irlikni maktab o'quvchisi sodir etgan ekan
Uzun tumanida 2021 yil 16 iyun kuni hisobga olingan tumanning "O'zbekiston" mahallasida yashovchi, B.Muhliyoning yashash uyi yotoqxonasidan jami 90.204.238 (to'qson million ikki yuz ikki yuz o'ttiz sakkiz) so'mlik 34 (o'ttiz to'rt) turdagi 135 (bir yuz o'ttiz besh) gramm bo'lgan turli xildagi tillo taqinchoqlari o'g'irligi bo'yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini tumanning "O'zbekiston" mahallasida yashovchi maktab o'quvchisi, X.Avaz sodir etganligi aniqlanib, ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.
Voyaga etmagan X.Avaz sodir etgan o'g'irlik jinoyati uchun qonunda belgilangan tartibda jazosini oladi. Lekin unga ta'lim tarbiya berayotgan o'qituvchisi, voyaga etkazayotgan ota-onasi X.Avazni nazoratsiz qoldirishi oqibatida, to'g'ri yo'ldan adashishiga sabab bo'ldi. Bunga ota-onasi bilan o'qituvchisi o'zlarini "aybdor"- deya, his qilarmikan?
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati