4 May 2021 yil 562

Sobiq jangchi Ro'zi bobo

Navqiron yigitlik onlarini Vatan himoyasi yo'lida janggohlarda o'tkazgan piru badavlat otaxon Ro'zi bobo Abdullaev ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 76 yilligi nishonlanayotgan ayni kunlarda 97 bahorni qarshilamoqda.
Bugun ushbu sobiq jangchi xonadoniga O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik lisey o'quvchi va ustozlari tashrif buyurishib, otaxon bilan dildan suhbat qilindi. Otaxon suhbat davomida, o'z boshidan o'tgan urush yillari haqida so'zlab berib, hozirgi tinch va dorulomon kunlarning qadriga etib yurish borasidagi o'z o'gitlari bilan o'rtoqlashdi.
Qariyb yuz yoshga yaqinlashgan bo'lsada, mehnatni sevadigan sobiq jangchi R.Abdullaevning tetik holati so'nmasligini tilab qolamiz.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech