29 Mart 2021 yil 524

Singlisini aldab, pul olgan firibgar

Sho'rchi tumanida 2021 yilning 26 fevral kuni Jarqo'rg'on tumani "Surxon sohili" mahallasida yashovchi, M.Q. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2018 yil oktyabr oyida, shu tumanda yashovchi, akasi, A.B. unga yog'mahsulotlarining savdosi bilan shug'ullanib, foydasidan har oyga 9 000 000 (to'qqiz million) so'mdan berib turishini va'da qilib jami 137 000 000 (bir yuz o'ttiz etti million) so'm pullarni yashash uyida olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan. 20 mart kuni o'z singlisidan uzoq vaqtdan buyon firibgarlik yo'li bilan olgan pullarini qaytarib bermasdan kelayotgan A.B.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech