22 Iyul 2022 yil 595

Sho‘rchilik shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi

Joriy yilning 21 iyul kuni Sho‘rchi tuman xokimligida shu tumanda yashovchi shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Ketmonov yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad yuz bergan voqeaning sabab va omillarini muhokama qilish va bundan tegishli xulosa chiqarib, kelgusida bunday jinoyatlarning oldini olish uchun keng jamoatchilik vakillariga tushuntirish ekanligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, Sho‘rchi tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik D.Qurbonov jinoyat tafsilotlari haqida so‘zlab berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sho‘rchi tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi, vaqtincha ishsiz, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan M.O Termiz shahrida yashovchi Z.Shodiqulov boshqaruvidagi “Matiz” rusumli mashinani to‘xtatib, “Avtomashina bozori”ga olib borishini aytib, yo‘lga chiqishgan. Biroz yo‘l yurishgach esa, haydovchi bilan tortishib qolgan M.O yonidagi xo‘jalik pichog‘i bilan xujum qilib, Z.Sh ga og‘ir tan jarohati yetkazib, mashinani olib qochgan. Harakatlanish davomida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ustunga borib urilgan M.O mashinani hodisa joyiga qoldirib, o‘zi qochib ketadi. Jinoyatga jazo muqarrar ekanligini inkor etib bo‘lmaganidek, M.Oning qilmishi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining sa’y-harakatlari bilan qisqa fursatda fosh etilgan.

Muhokama jarayonida Sho‘rchi tumanining “Tamaddun”, “Konabod” mahallasida sodir etilgan jinoyat tafsilotlariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Muhokama yakunida jinoyatchilikka qarshi kurash, ularning barvaqt oldini olish borasida tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, bu borada xato va kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ullar faoliyatiga huquqiy baho berilishi bo‘yicha qattiq ogohlantirildi.

Text to speech