1 Avgust 2023 yil 368

Sho‘rchida jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sho‘rchi tumanida 2023 yil 17 iyul kuni soat 16-00 larda, tumanning “Ko‘klam” mahallasida joylashgan davlat idorasiga kirish joyida, shu tumanda yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan J.Akmal (ism shariflar o‘zgartirilgan) tumanning boshqa bir mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan R.Arslon bilan o‘zaro tortishib qolib, jamiyatda yurish turish qoidasini mensimasdan, uni qo‘li bilan tanasining turli joylariga urib, unga tan jarohati yetkazadi. Holat yuzasidan 26 iyul kuni J.Akmalga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech