Sho‘rchida muhtojlarga bayram sovg‘alari ulashilib, muammolariga yechim topilmoqda
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik A.S.Ismoilov boshchiligidagi ishchi guruh Sho‘rchi tumanidagi nazorat tadbirlarini davom ettirmoqda.
Jumladan, ishchi guruh vakillari Yangi yil archasi o‘rnatilgan “Charog‘on” istorohat bog‘i hududi obodonlashtirilib, yo‘laklar tozalanib, archaning atrofiga to‘liq asfalt yotqizildi. Shuningdek, mas’ullar bilan birgalikda “Navro‘z” mahallasida joylashgan Tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona bo‘limiga borildi.
Tug‘ruqxona bo‘limining yon atroflari, kirish yo‘laklari chiqindilardan tozalanib, shifoxonaning hovlisida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Shundan so‘ng, tumanning 1-sektor rahbari B.Xudoyberganov bilan birgalikda, olis hududlardan biri “Oliy-himmat” mahallasi hududida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Dilorom Normurodovaning holidan xabar olindi. Ayolning qaramog‘ida 6 nafar farzandi bo‘lib. turmush o‘rtog‘i Rossiya Federatsiyasiga ishlashga ketgan. Uning yashash sharoiti o‘rganilib, farzandlari uchun yangi yil sovg‘alari va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Xuddi shunday 1-sektor rahbari B.Xudoyberganov bilan birgalikda, shu mahallada yashovchi 1-guruh nogironi D.Sayidovaning ham yashash xonadoniga borilib, Yangi yil sovg‘alari, oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Shu mahallada yashovchi Temir daftarga kiritilgan Zilola Norovaning ham holidan xabar olinib, ushbu xonadonni kelgusida ta’mirlash uchun mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 3 farzandning onasi Laylo Bo‘taeva xonadoniga ham sovg‘a-salomlar ulashildi.
“Oliy-himmat” mahallasida yashovchi aholi bilan o‘tkzilgan uchrashuvda ichimlik suvini olis masofadan tashib kelishi ma’lum bo‘ldi. Kelgusida ushbu mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tuman rejasiga kiritish bo‘yicha mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng, tuman 2-sektor rahbari F.Xoliqov bilan birgalikda, “Do‘stlik” mahallasidagi daftarda ro‘yxatda turadigan, nogironligi bo‘lgan 2 nafar fuqaroning ham xonadoniga borilib, bayram sovg‘alari ulashildi.
Tuman 3-sektor rahbari D.B.Qurbonov bilan birgalikda “Oqkamar” mahallasidagi ayollar daftariga ro‘yxatga kiritilgan Dilorom Maxmudova, Maryam Atamuradova, “Baxshtepa-1” mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironi N.G‘offorova, F.Bobomurodovlarning xonadonlariga ham oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. 2 nafarining daromadini yaxshilash uchun 6 sotix yerini haydab, unga kartoshka mahsulotini ekish bo‘yicha
3-sektor rahbariga topshiriq berildi.
Ikkinchi guruh nogironi D.Azizova 4 nafar opa singillari bilan birgalikda yashaydi. Oilaning moddiy holati yordamga muhtoj. Ishchi guruh vakillari tomonidan fuqaroning kelgusida yashash sharoitini yaxshilash, daromad manbaiga ega bo‘lish uchun 3 oylik o‘quv kursida o‘qitish va subsidiya asosida tikuv mashinasini olib berish bo‘yicha 3-sektor rahbariga topshiriq berildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam ko‘rsatish va obodonlashtirish ishlari hali ham davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati