30 May 2023 yil 398

Sho‘rchida ilgari o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilgan shaxs takror jinoyatga qo‘l urdi

2023 yil 1 may kuni Sho‘rchi tumani “Obodon” mahallasida yashovchi, D.Jo‘rabek (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 28 aprel kuni tumanning “Navro‘z” mahallasida joylashgan sport zalidan narxi 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘mlik 1 dona “NOT-12” rusumli telefoni va uning orqa g‘ilofiga saqlash maqsadida qo‘yilgan 300 (uch yuz) AQSh dollar pullarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘irlik jinoyatini shu tumanda yashovchi, ilgari ham o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilib sudning qora kursisiga o‘tirib, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmagan B.Sardor sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 6 may kuni B.Sardorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech