3 Yanvar 2023 yil 525

Sho‘rchida giyohvand moddasi savdosining oldi olindi

2023 yil 2 yanvar kunidan 3 yanvar kuniga o‘tar kechasi tungi soat 01-20 larda tungi xizmatga jalb qilingan Sho‘rchi tuman IIB xodimlari tumanning “Oqtumshuq” mahallasi xududidan o‘tuvchi markaziy M41 yo‘lining chetida shubhali bo‘lgan VAZ rusumli avtomashina to‘xtab turganligini ko‘rishadi. IIB xodimlari haydovchidan avtomashinaning hujjatlarini so‘rashganida, u avtomashina hujjatlari yo‘qligini aytadi. Bu holatdan ajablangan xodimlar avtomashinada bo‘lgan yana ikki nafar fuqarolar bilan birgalikda ularning shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida, tuman IIBga olib kelishadi.

Xolislar ishtirokida ularning cho‘ntaklari ko‘zdan kechirilganda, Denov tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro R.Jamshid (ism-shariflar o‘zgartirildi) kiyib yurgan kurtkasi old ichki qismidagi cho‘ntagidan bir dona qora rangli selofan paketga o‘ralgan malla rangli o‘tkir xidli “Gashish” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanadi. Shu yerning o‘zida xolislar ishtirokida elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganida, selofan paketi bilan birga 51gr ekanligi aniqlandi.

Shundan so‘ng fuqaro R.Jamshidning ushbu cho‘ntagidan olingan oq rangli selofan paket ichida bo‘lgan malla rangli o‘tkir hidli “Opiy” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar borligi, uning miqdori esa o‘ralgan selofan paketi bilan birgalikda 102gr ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ko‘zdan kechirish davomida, uning kiyib yurgan shimining cho‘ntagida 2.050.000 (ikki million ellik ming) so‘m xar hil kupyurali pullar ham borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng ushbu avtomashinada bo‘lgan Denov tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan X.Ravshanning cho‘ntaklari ko‘zdan kechirilganda 590.000 (besh yuz to‘qson ming) so‘m pullar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Tekshiruv davomida ushbu avtomashinada bo‘lgan uchinchi shaxs, Denov tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan J.Xolmatning cho‘ntaklari ko‘zdan kechirilganda uning cho‘ntagidan 9.960.000 (to‘qqiz million to‘qqiz yuz oltmish ming) so‘m pullar borligi aniqlanib xolislar ishtirokida qonuniy tartibda xujjatlashtirib olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech