9 Dekabr 2022 yil 347

Sho‘rchida bezorilik qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sho‘rchi tumanida 2022 yil 4 dekabr kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 28 noyabr kuni soat 16.00larda, tumanning “Navro‘z” mahallasi hududida joylashgan oshxonada, shu mahallada yashovchi, L.Latif (ism shariflar o‘zgartirilgan) va qo‘shni mahallasida yashovchi, I.Asqarlar jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan o‘zaro janjallashib, bir-birlarini duch kelgan joylariga urishib, tan jarohati yetkazishgan. 4 dekabr kuni L.Latif va I.Asqarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech